Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Hayot uchun futbol" aksiyasi o‘tkazildi
27 May 2019

"Paxtakor" futbol klubi "Ezgu Amal" xayriya jamoat fondi, «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki, «Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlikda og‘ir xastalikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiya o‘tkazdi.

photo_7.jpg

Aksiya AGMK bilan Superliga 10-tur uchrashuvi doirasida tashkil etildi. Jahonda va mamlakatimizda ko‘plab bolalar turli xil xastaliklar, shu jumladan onkologik kasalliklar bilan kurashishga majbur, ularni hamda oila a’zolarini ruhiy va moddiy tarafdan qo‘llab-quvvatlash har birimizning insoniy burchimizdir.

photo_3.jpg

photo_5.jpg

"Paxtakor" - AGMK bellashuvi boshlanishidan avval "Sherlar" sardori Marko Simich jiddiy xastalik bilan kurashayotgan 1,5 yoshli qizaloq Polina Garifulina bilan maydonga chiqib keldi. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Furqat Samarxo‘jayev hamda "Paxtakor" futbol klubi afsonasi Birodar Abduraimov kasallik bilan kurashayotgan bolalar - Polina Garifulina va Javohir Pardayevga yordam berish maqsadida ochilgan ramziy kartochkalarni topshirishdi. O‘yindan keyin esa bolalar "Paxtakor" jamoasi bilan uchrashishdi.

photo_6.jpg

Eslatib o‘tamiz, har bir xohlovchi qurbi yetgan summani quyidagi plastik karta hisob raqamiga o‘tkazgan holda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Polina Garifulina

Bu qizaloqqa zudlik bilan suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish darkor. Ushbu gematolik kasallik unda 8 oyligida aniqlangan. Ayni paytda Polina 1,5 yoshga to‘ldi.

8600 3036 5948 8063

Javohir Pardayev. 13 yosh.

Tashxis: o‘tkir miyeloid leykemiya. Javohir Sankt-Peterburgdagi kasalxonada bo‘lib turibdi va uning oilasiga davolanish kursini davom ettirish uchun ko‘mak juda zarur.

8600 3036 2119 4617

"Paxtakor" futbol klubi hamda "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki hamisha bolalar bilan bog‘liq turli aksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularga yordam berishni o‘zi uchun sharafli burch deb biladi.

photo_8.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 270

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9455.24
10438.58
11958.04
147.25
9488.45
87.23
Sotib olish
9380.00
10000.00
11500.00
100.00
9000.00
70.00
Sotish
9460.00
10600.00
12100.00
170.00
9600.00
100.00
 
21.90
84.55
324.85
1.50
10.56
-0.99
15.10.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech