Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da yangi qonunlar targ‘iboti

Yangilangan sana: 27 Noyabr 2019, 12:28
“Trastbank”da yangi qonunlar targ‘iboti
26 Noy 2019

Joriy yilning 25 noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh binosida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahririda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimi to‘g‘risida”gi, “Markaziy bank to‘g‘risidagi” Qonunlarini hayotga tadbiq etish va uning mazmun-mohiyatinibank xodimlariga tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki BoshqaruviRaisi o‘rinbosarlari Kamil Gabbazov va Ziyovuddin Kurganov, Bosh ofis va filiallarningrahbar xodimlari ishtirok etdilar.

TadbirdaYuridik xizmat departamenti direktori Feruza Karimova so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida bank aksiyalarini sotib olish tartibi, korporativ boshqaruv, prudensial talablar va risk menejmenti, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, kreditlash va chakana xizmatlar jarayonini optimallashtirish yuzasidan tushuntirishlar berdi.

DSCN8253.JPG

Shuningdek, tadbirda Valyuta ayirboshlash amaliyotlari maxsus boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Salihov, Yuridik xizmat departamenti direktori o‘rinbosari Murodbek Mambetov,Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti direktori Vyacheslav Paylar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunlariga muvofiq bank xizmatlari iste’molchilari uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida ma’ruza qildilar.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi qulayliklar,kredit siyosati, depozit siyosati, valyuta siyosatiga oid yangi me’yorlarni amaliyotda qo‘llash mexanizmlari, banklarda boshqaruv tizimini takomillashtirishda korporativ boshqaruvning roli va mas’uliyatini kuchaytirish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yangi talablar o‘rnatilgani qayd etildi.
DSCN8291.JPG

Seminar qatnashchilari tomonidan mazkur Qonunlarga kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

DSCN8275.JPG

Bankning rahbar xodimlari tomonidan joylarda ushbu Qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka faol targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 700
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech