Joriy yilning 25 noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh binosida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahririda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimi to‘g‘risida”gi, “Markaziy bank to‘g‘risidagi” Qonunlarini hayotga tadbiq etish va uning mazmun-mohiyatinibank xodimlariga tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki BoshqaruviRaisi o‘rinbosarlari Kamil Gabbazov va Ziyovuddin Kurganov, Bosh ofis va filiallarningrahbar xodimlari ishtirok etdilar.
TadbirdaYuridik xizmat departamenti direktori Feruza Karimova so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida bank aksiyalarini sotib olish tartibi, korporativ boshqaruv, prudensial talablar va risk menejmenti, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, kreditlash va chakana xizmatlar jarayonini optimallashtirish yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Seminar qatnashchilari tomonidan mazkur Qonunlarga kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Bankning rahbar xodimlari tomonidan joylarda ushbu Qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka faol targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.