Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bu mahallada “Trastbank”ni yaxshi bilishadi

Yangilangan sana: 26 Yanvar 2021, 11:27
Bu mahallada “Trastbank”ni yaxshi bilishadi
26 Yan 2021

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bank tizimi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash va joylarda “mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan joylarda, tuman va shaharlarda aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘z biznesini boshlash va uni rivojlantirish istagida bo‘lgan aholiga kreditlar ajratish hamda boshqa bank xizmatlarini taklif qilish ustuvor vazifaga aylanmoqda.

Jumladan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xodimlari tomonidan “mahallabay” tizimi asosida turli xonadonlarga borib, hunarmandlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilmoqda. Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Amaliyot boshqarmasi xodimlari poytaxtimizning Shayxontohur tumani Suzukota mahallasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalladagi xonadonlarning yer uchastkalaridan foydalanish darajasi, oilalarning daromad manbalari, daromadli mehnat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishlarini xonadonbay o‘rganish va kreditga bo‘lgan ehtiyojlari yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirildi hamda mahallada tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolarga kredit ajratilib, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlariga imkoniyat yaratildi.

IMG_8922.JPG

– Men tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bankdan 1 mlrd. 300 mln. so‘m imtiyozli kredit oldim. – deydi tadbirkor Sanjar Odilov. – Ushbu kredit evaziga zargarlik faoliyatimni kengaytirish maqsadida bino va uskunalar sotib oldik. Endilikda ushbu majmuada zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan to sotishgacha bo‘lgan jarayonlar qamrab olinadi. Bundan tashqari, ota-bobolarimizdan meros qolgan usta-shogird an’anasini davom ettirish maqsadida shu yerning o‘zida o‘quv markazi tashkil qildim. O‘quv markazimiz mahalla yoshlarini foydali ishlar bilan mashg‘ul qilishga o‘z hissasini qo‘shish bilan birga, ularga zargarlik hunarining sir-asrorlarini mablag‘ sarflamay, tekinga o‘rganishlari uchun imkoniyat bo‘ldi.

– Korxonamizda “Trastbank”ning Amaliyot boshqarmasi ko‘magida duradgorlik ishlarini yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi shu mahalla tadbirkorlaridan biri Sobit Meliyev. – Bu yerda ishimiz asosan yog‘ochga ishlov berish, naqqoshlik va o‘ymakorlik san’ati bilan bog‘liq. Bankdan esa 3 oy avval 100 mln. so‘m kredit oldik va bu mablag‘ evaziga hunarmandlik ishlarini rivojlantirib, yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik.

– Bu yerda yog‘ochlarga ishlov berar ekanmiz, moyli va moysiz daraxtlarni tanlaymiz, – deydi yana bir tadbirkor To‘lqin G‘ofurov. – Hammom va uyning boshqa joylari uchun turli yog‘ochlar tanlanadi. Biz asosan yog‘och mahsulotlarini Rossiyadan keltirishimizga to‘g‘ri keladi. Bunga esa “Trastbank” tomonidan ajratilayotgan kreditlar asqotmoqda.

IMG_8917.JPG

Yurtimiz aholisining kundalik hayotidagi ajralmas qismi bo‘lgan hunarmandchilik san’ati, xususan, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, kulolchilik, to‘qimachilik, zardo‘zlik, sozgarlik, kandakorlik, zargarlik necha-necha ming yillik tarixga, o‘ziga xos ijodiy maktab va an’analariga, atoqli namoyandalariga ega. Mohir ustalar tomonidan tayyorlangan ko‘plab badiiy hunarmandchilik va amaliy san’at mahsulotlari bugungi kungacha dunyoning mashhur muzeylarida saqlanishi ularning jahon xalqlari tarixida muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas. Banklar tomonidan bu sohalarning qo‘llab-quvvatlanishi esa albatta quvonarli holatdir.

Bir so‘z bilan aytganda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida Shayxontohur tumanida joylashgan Suzuk ota mahallasi aholisi va yosh avlod o‘zi qiziqqan hunar egasi bo‘ladi. Katta hayot ostonasiga qadam qo‘yishi bilan o‘zi egallagan hunarini davom ettirib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu orqali esa mahallada ishsizlik ko‘payishi, pul topish uchun chetga chiqib ketish kabi holatlarning oldi olinadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 486
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech