Koronavirus infeksiyasining tarqalishi natijasida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan korxonalar, shu jumladan turizm va xalqaro yuk tashish hamda bevosita shu bilan bog‘liq sohalar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan taqdim etilgan arizaga muvofiq, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ajratilgan kreditlarni real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020 yil 1 oktabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ushbu masala yuzasidan qarzdor tashkilotlar toʼgʼridan-toʼgʼri bankning xizmat koʼrsatilayotgan filiallariga murojaat qilishlari yoki onlayn arizani toʼldirib quyidagi elektron manzilga joʼnatishlari mumkin: sh.mirmuhamedov@trustbank.uz