Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hayriya aksiyamizda ishtirok etish istagida bo‘lgan sahovatpesha insonlarni hamkorlikka chaqiramiz

Yangilangan sana: 27 Aprel 2020, 11:48
Hayriya aksiyamizda ishtirok etish istagida bo‘lgan sahovatpesha insonlarni hamkorlikka chaqiramiz
24 Apr 2020

O‘zbek xalqi azal-azaldan sahovatli va bag‘rikeng xalq hisoblangan. Yurtimizga kirib kelgan mohi Ramazon oyi bu yil butun dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat davom etayotgan og‘ir bir davrga to‘g‘ri keldi.

Bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida ushbu kasallikning tarqalishini oldini olish, shu bilan birga yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat hamda o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Prezidentimizning aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va ko‘mak” umumxalq xarakatini tashkil etish bo‘yicha bergan tavsiyalari bunga yaqqol misoldir.

Joriy yilning 22-aprel kunidan boshlab “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Amaliyot boshqarmasida Shayxontohur tumani aholisini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va ko‘mak” umumxalq xarakatining “Mahalla” hayriya jamoat fondi hisobraqami ochildi. Mazkur fondning maqsadi hayriya natijasida yig‘ilgan ushbu mablag‘larni eng avvalo Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, undan so‘ng esa ishsiz qolgan oilalarga ko‘mak berishdan iborat. Zero mana shu muborak oylarda qilingan xayru-sahovatimizni Yaratgan o‘z dargohida qabul aylasin.

Albatta, xalqimiz mehr-oqibatli va sahovatli hamda muqaddas Ramazon oyida qilingan ehsonning savobi ham buyuk hisoblanadi. Shu sababli, aksiyaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan sahovatpesha fuqarolar va tadbirkorlarimizni mazkur aksiyamizda faol ishtirok etishlarini taklif etib qolamiz.

“Sahovat va ko‘mak” umumxalq xarakatining “Mahalla” xayriya jamoat fondi Shayxontohur tumani bo‘linmasi rekvizitlari:

INN: 202 436 289

h/r 22626000203601377002

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Amaliyot boshqarmasi rekvizitlari:

Manzil: 100011, Toshkent sh, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi 7-uy;

MFO: 00 491, INN: 201055090

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1284
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech