Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Islomiy darcha” xizmatini joriy etish masalasida bir haftalik seminar tashkil etildi.

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Islomiy darcha” xizmatini joriy etish masalasida bir haftalik seminar tashkil etildi.
25 Mar 2021

Joriy yilning 23 mart kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi hamda Islom tadqiqotlari va o‘quv instituti ekspertlari ishtirokida “Islomiy darcha” xizmatini joriy etish masalasida amaliy o‘quv trening tashkil etildi.

Maʼlumki, 2019 yildan boshlab “Trastbank” va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi o‘rtasida konsalting xizmatlari doirasida “Islomiy darcha” xizmatini joriy etish rejalashtirilgan.

DSCN9332.JPG

Konsalting shartnomasi shartlariga asosan tashkil etilgan bir haftalik anjumanda, bank xodimlarining bilim va malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish, islomiy moliya tizimini rivojlantirish maqsadida Islom tadqiqotlari va o‘quv institutining mutaxassislari doktor Gafur Oziyev, doktor Madina Kalimullina va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi mutaxassisi Muzaffar Nizomiddinovlar o‘z tajribalarini bo‘lishdilar.

DSCN9335.JPG

Shuningdek, trening davomida Islom moliyasi va bankchiligiga kirish, Moliyalashtirish va mablag‘lar jalb qilish modellari, AAOIFI - Islomiy moliya bo‘yicha buxgalteriya hisobi va auditi tashkilotining standartlari va Boshqaruv xatarlari mavzulari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berilib, seminar davomida ishtirokchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

DSCN9363.JPG

Mazkur seminar-trening 27 mart kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1495
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech