Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xalqaro standartlar asosida integratsiyalashgan boshqaruv tizimining joriy etilishi

Yangilangan sana: 27 Yanvar 2021, 12:48
Xalqaro standartlar asosida integratsiyalashgan  boshqaruv tizimining joriy etilishi
25 Yan 2021

Joriy yilning 22 yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Bank O‘quv markazi, Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti hamda “SMS-Systems” masʼuliyati cheklangan jamiyati konsultanti Erkin Kuylibayev bilan hamkorlikda “Integratsiyalashgan boshqaruv tizimlariga kirish va uni joriy etish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Komil Gabbazov, tegishli departament direktorlari va filiallarning bu sohaga oid tegishli mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur amaliy seminarning asosiy maqsadi, auditorlarning xalqaro ISO 9001: 2015, ISO 37001: 2016, ISO 27001: 2013 standartlari va ISO talablarini hisobga olgan holda yaxlit boshqaruv tizimlari ichki auditini optimal rejalashtirish, zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishdan iborat.

Mila.JPG

- Bank sektori respublika iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Shu bilan birga, mamlakatda yangi tijorat banklarining paydo bo‘lishi, allaqachon mavjud bo‘lgan tijorat banklarining filiallar tarmog‘ini tez surʼatlar bilan kengaytirishni taqozo etmoqda, - deydi o‘z nutqida Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti direktori Mileusha Muxammedyarova.

Albatta, filiallar tarmog‘ining kengayishi mijoz uchun kuchli raqobat muhitini yaratish imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Modomiki, bank xizmatlari ro‘yxatini har qanday tarzda mukammallashtirish yoki takomillashtirishda qiyinchilik yuzaga kelar ekan, bank boshqaruvi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yuqori darajadagi menejment xizmatlari ko‘rsatishga eʼtibor qaratmoqda. Bu esa, bugungi kunda filiallarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning muhim prinsipi hisoblanadi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yana-da rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli qarori bilan banklarning raqobatdoshligi darajasini oshirish va ilg‘or bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan. ISO 9001: 2015 standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish dolzarb vazifalar qatoriga kiradi.

IMG_9057.jpg

Biz o‘z faoliyatimizda xalqaro meʼyorlar va standartlarni joriy etish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirdik. Xususan, rentabellik bo‘yicha bankimiz respublika banklari orasida kuchli pozitsiyani egallab turganining o‘zi quvonarli holat. Xalqaro "Fitch Ratings" reyting agentligi tomonidan tasdiqlangan “Barqaror” istiqbolga ega xalqaro reyting ko‘rsatkichlarimiz, standartlashtirish bo‘yicha Sifat sertifikatimizning mavjudligi va bank xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan xalqaro miqyosda tan olingan «Russkiy Registr» sertifikatlashtirish idorasi tomonidan taqdim etilgan Sifat sertifikatining mavjudligi ham bu sohada ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganidan darak beradi.

Kelajakda biz korporativ madaniyatni oshirish, isteʼmolchilar bilan aloqa o‘rnatish masalalarini hal qilish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga alohida eʼtibor qaratamiz. Shunday qilib, mijoz moliya institutida monitoring olib borilganini bilishi hamda unga sifatli bank xizmati ko‘rsatilishi lozim.

So‘zining yakunida Mileusha Muxammedyarova, Trastbankda ISO standartlarining va ishlash mezonlarining belgilanishi, bank tarkibidagi jarayonlarni boshqarish uchun sifat nazorati yoki boshqaruv vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga olishini taʼkidladi.

IMG_9062.jpg

Seminar davomida trener-maslahatchi Erkin Kuylibayev bankning sifat menejmenti tizimi sharhi, nazorat auditiga tayyorgarlik ishlarining borishi, ISO 37001 standartlari, uning mohiyati va amalga oshirishning afzalliklari, ISO 27001 va ISO 20022 standartlarining joriy etish foydalari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, “Bank xizmatlarini ko‘rsatish” dasturi ISO 9001 nazorat tizimi Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi, “Darxon” va Samarqand filiallarida joriy etish ishlari boshlanganligi, bu dasturning joriy etilishi mijoz ehtiyojini qondirishda aniqlik, ishonch va sifatli xizmat ko‘rsatishga erishishga olib kelishi taʼkidlandi.

Jumladan, ISO 37001 standartining joriy etilishi korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilganligi, ushbu standartga muvofiq boshqaruv tizimini joriy qilish bank rahbariga har bir xodimning halolligi haqida xavotir bo‘lib yurmaslikka imkon berish bilan birga, ushbu joriy etilgan tizim tomonidan nazorat qilinishi ko‘zda tutilgan. Tizimning joriy etilishi natijasida maʼmuriy tartib-taomillar, xizmatlar va xaridlarni amalga oshirishda bankdagi korrupsiya faktlari to‘g‘risida maʼlumot olish, Bosh ofis va filiallar kesimida korrupsiya holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘plash va tahlil qilish, korrupsiya holati va tendensiyalari monitoringini amalga oshirish, mijozlar va xodimlarning murojaatlari bo‘yicha yagona tizim va maʼlumotlar bazasini yaratish hamda korrupsiyaga qarshi eng yaxshi amaliyotlarni tatbiq etilishi taʼminlanadi.

IMG_9081.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 741
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech