Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari diqqatiga!

Yangilangan sana: 2 Iyun 2020, 11:33
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari diqqatiga!
20 May 2020

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 2008-2018-yil yakunlari bo‘yicha Bank aksiyadorlarining navbatdagi va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlari bayonnoma qarorlariga ko‘ra bankning oddiy va imtiyozli aksiyalariga hisoblangan dividendlarni o‘z vaqtida olmagan Bank aksiyadorlaridan dividendlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (jismoniy shaxslar uchun – pasport, STIR, bankda hisobvaraq ochilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma nusxasi, investitsiya vositachisi (depozitariy) tomonidan berilgan DEPO hisobvarag‘idan ko‘chirma), yuridik shaxslar uchun – jamiyat ustavi nusxasi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi (litsenziya), investitsiya vositachisi (depozitariy) tomonidan berilgan DEPO hisobvarag‘idan ko‘chirma taqdim qilgan holda, Bankning Bosh ofisiga yoki hududiy filiallariga murojaat etishingizni so‘raydi.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 6-bob 51-moddasiga asosan: “Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan jamiyat ixtiyorida qoladi”.

Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga “Trastbank” XAB Bosh ofisiga murojaat etishingizni so‘raymiz:

100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy, tel: (95) 198-41-09, (78) 140-00-88.

Bankning elektron pochta manzili: info@trustbank.uz.

Bankning rasmiy veb-sayti: www.trustbank.uz.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1471
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech