Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Personal menejer: zamonamiz qahramoni

Yangilangan sana: 18 Dekabr 2018, 10:21
Personal menejer: zamonamiz qahramoni
17 Dek 2018

Bugungi kunda bank moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamli isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirishda hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo‘llanilishini taqozo qilmoqda.

IMG_2405.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham doimo mijozlarga sifatli va operativ bank xizmatlari ko‘rsatish, bank xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirishda hududiy filiallarda personal menejer xizmatining tashkil etilishi bank faoliyatining jadal rivojlanishi uchun zaruriy shart deb hisoblaydi.

IMG_2396.jpg

Shu maqsadda, 2018 yilning 10-13 dekabr kunlari Bosh bank binosida viloyat filiallari tomonidan taqdim etilgan personal menejerlikka nomzod xodimlarning bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarini oshirish borasida o‘quv-seminar kursi tashkil etildi.

IMG_2418.jpg

O‘quv-seminar kursi interfaol usulda tashkillashtirilgan bo‘lib, bunda personal menejerlarga mas’ul departamentlar tomonidan bank faoliyati yo‘nalishi yuzasidan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar hamda innovatsion bank maxsulotlari va xizmatlari bo‘yicha ma’ruzalar tashkillashtirildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

IMG_2442.jpg

Shuni alohida qayd etish lozimki, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Amaliyot boshqarmasi birinchilardan bo‘lib 2017 yilning iyul oyida personal menejerlik xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Bu borada mijozlar orasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bir qancha bank xizmatlarini markazlashtirilgan tartibda personal menejerlar orqali amalga oshirilishi natijasida mijozlarning vaqti tejalishiga, ularga operativ va sifatli xizmat ko‘rsatilishiga hamda ortiqcha ovoragarchilikni oldini olinishiga sabab bo‘ldi, bu esa mijoz va bank o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilishining muhim omili hisoblanadi.

IMG_2432.jpg

O‘ylaymizki, mazkur o‘quv-amaliy seminar o‘z natijasini beradi va hududiy filiallar rivojida personal menejerlar mijoz va bank o‘rtasida uzviy hamkor sifatida faoliyat yuritib, bugungi raqobat muhitida mijoz ishonchini saqlab qolishga va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirishga imkon yaratadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1348
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech