Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” jamoasi umumxalq hayriya xasharida faol ishtirok etdi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” jamoasi umumxalq hayriya xasharida faol ishtirok etdi
14 Mar 2020

Ma’lumki, xalqimiz milliy yuksalish va milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha ezgu-qadriyatlarimiz qatori Navro‘z bayramining ham hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

IMG_3306.JPG

Mazkur bayram arafasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 martdagi 136-F-sonli farmoyishiga asosan, 14-15 mart kunlari umumxalq hayriya hashari e’lon qilindi.

IMG_3296.JPG

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi ham el qatori atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hasharga oshiqdilar. Bank binosi atrofida tozalash, oqlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. Bank binosi hovlisiga gul ko‘chatlari va 80 dona archa ko‘chati ekilib, daraxtlarni butash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, shaharni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida Shayxontohur tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga 500 dona mevali ko‘chatlar yetkazib berildi.

IMG_3296.JPG

- Hashar xalqimizning qadim va o‘ziga xos qadriyatlaridan biri, – deydi Axborot xizmati katta mutaxassisi Sayyora Umarova. – Shu bois ham ushbu tadbirda barcha birdek faol ishtirok etmoqda. Navro‘z bayrami arafasida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi hamjihatlik, qolaversa ona zaminga mehr va e’tibor berib, yurtni obod qilishdek ezgu sa’y-harakatlar bugun o‘z ifodasini topmoqda. Xalqimizning o‘lmas qadriyatlaridan biri bo‘lgan xayriya hasharida bankimiz jamoasi bilan ishtirok etib, atrof-muhitning ozodaligiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan juda mamnunman.

IMG_3270.JPG

Ozodalikda amalga oshirilgan har qanday faoliyat insonni ruhiy tetikligiga ijobiy ta’sir qiladi, - dedi Sayyora Umarova.

IMG_3304.JPG

IMG_3312.JPG

IMG_3336.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 771
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech