Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”: mijozlarni moliyalashtirish borasida yaratilgan yangi imkoniyatlar

Yangilangan sana: 13 Avgust 2020, 11:19
“Trastbank”: mijozlarni moliyalashtirish borasida yaratilgan yangi imkoniyatlar
13 Avg 2020

Joriy yilning 11 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Davlat ixtisoslashtirilgan Rossiya Eksport-import banki (REM guruhiga kiruvchi Roseksimbank) o‘rtasida “Trastbank” XABga qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli moliyaviy resurslar ajratishga doir Hadlangan kredit bitimi imzolandi.

Ushbu kelishuv asosida «Trastbank» XAB korporativ mijozlariga «EKSAR» Eksport-Kredit agentligi tomonidan sug‘urta xarajatari qoplab beriladigan, Rossiya Federatsiyasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar, xizmatlar, xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar sotib olish va bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida moliyalashtirishni taklif qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Mamlakatimiz bank tizimining ajralmas qismi hisoblanuvchi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha faol choralarni ko‘rmoqda. Hadlangan kredit Bitimini imzolash bilan «Trastbank» XAB savdoni moliyalashtirish biznesini faollashtiradi, mijozlarning tashqi iqtisodiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli sheriklik hamkorligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun: Davlat ixtisoslashtirilgan Rossiya Eksport-import banki (aksiyadorlik jamiyati) 1994 yilda tashkil etilgan bo‘lib, rivojlantirish moliyaviy instituti bo‘lib, Rossiya eksportini qo‘llab-quvvatlash eksport shartnomalari doirasida kompaniyalarga kreditlar ajratadi va ularning talablariga binoan turli xil kafolatlar beradi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1100
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech