Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Global Money Week” haftaligida insholar tanlovi davom etmoqda

Yangilangan sana: 13 Mart 2020, 18:12
“Global Money Week” haftaligida insholar tanlovi davom etmoqda
13 Mar 2020

Joriy yilning 11-12 mart kunlari O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilayotgan “Global Money Week” moliyaviy savodxonlik haftaligida Toshkent shahridagi Lider ta’lim” o‘quv muassasasining 4-11-sinf o‘quvchilari hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 3-4-maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Pulni qanday va nima uchun jamg‘araman?”, “Qanday qilib millioner bo‘lish mumkin?”, “Bank 2040: u qanday bo‘lishi kerak?” mavzularida insholar tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbirda ta’lim muassasalarining 850 dan ortiq o‘quvchilari ishtirok etdi.

photo_1.jpg

“Global Money Week” haftaligi yoshlarni moliya sohasida xabardorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu haftalik doirasida Trastbank tomonidan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda, ularning maqsadi – yoshlarni moliyaviy xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, pulni oqilona sarflash va uni tejash bo‘yicha foydali maslahatlar berish, shu bilan birga daromad olish imkoniyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirishdan iborat.

photo_2020-03-13_15-28-01.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Global Money Week tadbirlarida ishtirok etib, nafaqat Toshkent shahrida, balki viloyatlarda ham moliyaviy savodxonlikni faol rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. “Trastbank”ning Qarshi filiali tomonidan ham o‘quvchilarga moliya dunyosida menejment, rejalashtirish, puldan oqilona foydalanish, uni tejash, buxgalteriya hisobi hamda umumiy bank tushunchalari bo‘yicha ma’ruzalarni o‘z ichiga olgan sigmentli dastur tayyorlanib, bankning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga tushunchalar berildi va tadbir davomida interfaol o‘yinlar tashkil etildi.

photo_2020-03-13_11-01-11.jpg

Tadbir shartlaridan biri insho yozish jarayonlari har bir ta’lim muassasasida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bank va uning filiallariga o‘quvchilarning tashrifi, bank mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan turli interfaol o‘yinlar ularning boshlang‘ich moliyaviy bilimlarini mustahkamlagan holda, berilgan mavzuda inshoni qiyinchiliksiz yozishlariga va o‘z fikrlarini mustaqil bildirishlariga turtki bo‘ldi.

photo_2020-03-13_15-25-40.jpg

Tanlov yakunlariga ko‘ra eng kreativ insho yozgan 3 nafar o‘quvchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

photo_2020-03-13_11-00-13.jpg

O‘zbekistonda bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi kelajak avlodning tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishda, biznes-reja tuzish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda ishbilarmonlik muhitini yanada oshirishga zamin yaratadi.

photo_2020-03-13_15-29-08.jpg

Ta’kidlash joizki, Global Money Week haftaligi doirasida tadbirlarimiz davom etadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1048
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech