Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Korporativ mijozlarga “Strategik mijoz” maqomini berish va ular bilan ishlash qoidalari belgilandi

Yangilangan sana: 12 Avgust 2020, 16:14
12 Avg 2020

““Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida korporativ mijozlarga “Strategik mijoz” maqomini berish va ular bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” Qonuni hamda Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilishning 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoni va 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli qarori asosida ishlab chiqildi.

Mazkur hujjatga asosan korporativ mijozlar orasidan “strategik mijoz”larni aniqlash va ular bilan ishlashga alohida e’tibor berish filialning barqaror moliyaviy holatini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

Xususan hujjatga ko‘ra, korporativ mijozlarga “Strategik mijoz” maqomini berish quyidagi mezonlar asosida belgilanishi qayd etilgan:

a) korporativ mijozdan filial tomonidan olingan o‘rtacha oylik foizsiz daromad;

b) korporativ mijozning milliy va chet el valyutalaridagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘ning o‘rtacha kunlik qoldig‘i;

v) korporativ mijoz tomonidan erkin muomaladagi xorijiy valyutaga konvertatsiya qilingan mablag‘ning o‘rtacha oylik miqdori.

““Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida korporativ mijozlarga “Strategik mijoz” maqomini berish va ular bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 2020 yil 7 avgustdan kuchga kirdi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 984
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech