Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank: mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish samarali sherikchilik munosabatlarining asosidir

Yangilangan sana: 13 Yanvar 2021, 10:33
Trastbank: mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish samarali sherikchilik munosabatlarining asosidir
12 Yan 2021

Bank bozorida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda bank mijozlarining talablari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Mijozlarga sifatli, operativ xizmat ko‘rsatish, ular tomonidan berilgan savollarga professional hamda malakali javob berish orqali Bank va mijoz o‘rtasida ishonchga asoslangan samarali munosabatlar tizimini o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan mijozlar bilan bevosita ishonchga asoslangan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish maqsadida “Sirli mijoz” usulidan foydalanish o‘zining yaxshi samaralarini berish bilan birga, sohadagi yuqori raqobat va bankning jadal rivojlanishiga hamda mijozlarga sifatli va operativ bank xizmatlari ko‘rsatilishiga zamin yaratadi.

Joriy yilning 7 yanvar kuni “Sirli mijoz” usluli orqali tashqi marketing kompaniyasi tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov boshchiligida, Bosh bankning tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari, Amaliyot boshqarmasi, filiallar boshqaruvchilari hamda mas’ul bo‘lim boshliqlari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.


IMG_8729.JPG

Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov yig‘ilishni ochar ekan, ishtirokchilarni “Sirli mijoz” usuli bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalari bilan bevosita tanishtirdi. Har bir filial xodimi mijozlarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga taklif qilishda avvlambor mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, bank xizmatlarining ustunlik jihatlari, xizmat shartlari bo‘yicha professional darajada ma’lumot taqdim etish, bu sohada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar takrorlanmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, seminar davomida so‘zga chiqqan tashqi marketing agentligi rahbari Shuhrat Zokirov 2020 yil davomida bank filiallarida “Sirli mijoz” usulida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil tahliliy hisobot taqdim etdi.

Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Dusmuxamedov ishtirokchilarga “Sirli mijoz” usulining joriy etilishi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda ijobiy o‘zgarishlarga erishilayotgani hamda bu yo‘nalishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi.

IMG_8854.JPG

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu usul bank va uning filiallarida xizmat ko‘rsatish borasidagi zaif nuqtalarini aniqlashga, mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish darajasini doimiy baholab borilishi, filiallar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada takomillashtirishda va samarali faoliyat olib borishda muhim asos hisoblanadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1063
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech