Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Moliyaviy savodxonlik haftaligi davom etmoqda

Yangilangan sana: 12 Mart 2020, 16:07
Moliyaviy savodxonlik haftaligi davom etmoqda
11 Mar 2020

Bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirish va “Global Money Week-2020” tadbiri doirasida “Lider ta’lim” o‘quv muassasasining 5-6 sinf o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kunini tashkil etdi.

IMG_2950.JPG

Ochiq eshiklar kunida bank mutaxassislari o‘quvchilarga qanday qilib pul topish, pulni sarflash va uni tejash, daromad olish imkoniyatlari, kredit va omonat turlari, valyuta ayirboshlash operatsiyalari, plastik karta turlari, bank tushunchasi, shuningdek qanday qilib to‘g‘ri moliyaviy qarorlar qabul qilish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

IMG_2972.JPG

Shuningdek, tadbir davomida yosh avlodni to‘lov kartalaridan foydalanishning afzalliklari, naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalari, “Mobil bank”, “Internet Bank”, “SMS”-xabarlar va boshqa turdagi mobil to‘lov turlari bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarning imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

IMG_3023.JPG


Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi kelgusida yoshlarning moliyaviy savodxon inson bo‘lib voyaga yetishiga zamin yaratadi.

IMG_3030.JPG

IMG_3045.JPG

IMG_3124.JPG

IMG_3131.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1557
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech