Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 10 Dekabr 2019, 17:28
Amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
10 Dek 2019

Bugungi kunda banklar oldida turgan eng asosiy shartlardan biri bu mijozlar uchun sifatli bank xizmatlari taqdim etishdir. Shu maqsadda, joriy yilning 5-6 dekabr kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida barcha filiallarning bevosita ayirboshlash shoxobchalari masalasida faoliyat yurituvchi mas’ul xodimlari va mutaxassislari ishtirokida amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.

photo_2019-12-06_22-22-32.jpg

Seminarda psixolog Zarina Sultonmurodova mijozlar va hamkasblarning o‘zaro munosabatlaridagi o‘ziga xos jihatlari hamda stressli vaziyatlarda o‘zini tutish mahoratini oshirish haqida gapirdi.

photo_2019-12-06_22-23-43.jpg

Seminar davomida ayirboshlash shoxobchalari xodimlarining xulq-atvori va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarining nazariy hamda amaliy tamoyillari muhokama qilindi. Shuningdek, bank xodimlarining iqtidorini oshirish yo‘llari haqida so‘z yuritildi.

photo_2019-12-06_22-23-37.jpg

Interfaol uslubda tashkil etilgan seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirish bilan birga, ularga moliyaviy bilimlarini oshirishga turtki bo‘ldi.

photo_2019-12-06_22-23-42.jpg

photo_2019-12-09_12-37-19.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 462
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech