Joriy yilning 4 oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Bank Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov, Chakana biznes departamenti direktori Nazirjon Xayitaliyev va “MoneyGram” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Trastbank” va “MoneyGram” o‘rtasida o‘zaro uchrashuv yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkonini berish bilan birga, bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning o‘sishiga yordam beradi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda moliya va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati, shuningdek ushbu islohotlarni jamiyat uchun samarali amalga oshirishva sheriklik istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlik darajasini yuqori baholagan mehmonlar uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka ishonch bildirdilar.
Ushbu hamkorlikning maqsadi pul o‘tkazmasi tizimida yangi bank xizmatlarini joriy qilish va mavjud xizmatlarni takomillashtirishdan iborat.