Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank eng yuqori narxda valyuta ayirboshlashni taklif etadi!

Yangilangan sana: 8 Aprel 2020, 13:55
Trastbank eng yuqori narxda valyuta ayirboshlashni taklif etadi!
8 Apr 2020

Keyingi yillarda valyuta siyosati va valyuta kursini liberallashtirish sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 2-sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki valyuta bozorida valyuta kurslarining dinamikasini faol ravishda kuzatishni boshlagan.

Shu sababli, Trastbank valyuta ayirboshlash masalasida mijozlarga universal yondoshishga qaror qilgan holda valyuta bozorida yuzaga keladigan vaziyat doirasida mumkin bo‘lgan eng yuqori stavkalarni saqlashga intiladi. Bugungi kunda mijozlar Trastbank valyuta ayirboshlash shaxobchalarida o‘z mablag‘larini eng yuqori kursda almashtirishlariga ishonch bilan murojaat qilishlari mumkin. Chunki, Trastbank doimo valyuta ayirboshlashning yuqori kurslarini saqlab qoladi. (2020-yilning 8-aprel holatiga dollar kursi sotish 9720 so‘m, sotib olish 9750 so‘m)

Shuningdek, naqd pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash uchun ehtiyoj sezilsa, bu holatlarda ham Trastbank doimo o‘z mijozlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bankning TrustPay mobil ilovasi orqali bugungi kunda mijoz o‘z uyidan chiqmagan holda onlayn shaklda konversiya amaliyotini amalga oshirishi mumkin.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1108
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech