Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” o‘zining sho‘ba korxonasi "Trast Leasing" mas’uliyati cheklangan jamiyatining 9 yilligi bilan tabriklaydi!

Yangilangan sana: 7 Fevral 2020, 15:34
“Trastbank” o‘zining sho‘ba korxonasi "Trast Leasing" mas’uliyati cheklangan jamiyatining 9 yilligi bilan tabriklaydi!
7 Fev 2020

Bank aksiyadorlari va rahbariyati nomidan "Trast Leasing" korxonasining barcha xodimlarini chin dildan muborakbod etamiz!

Bugungi kunda "Trast Leasing" mijozlarning ishonchli hamkoriga aylandi. O‘tmishga nazar tashlasak, bu o‘tgan davr mobaynida qanchadan-qancha ishlar amalga oshirilganligining guvohi bo‘lamiz. "Trast Leasing" korxonasining muvaffaqiyatli faoliyati biznesni puxta boshqarish, mijozlarni jalb qilish va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishida korxona har bir mutaxassisining o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyatli munosabati va yuqori professionalligi natijasidir.

O‘tgan davr mobaynida "Trast Leasing" o‘zining munosibligini isbotlash bilan birga, sezilarli natijalarga erishib, lizing xizmatlari bozorida yetakchiga aylandi. Albatta, korxonaning asosiy raqobat ustunliklaridan biri bu mijozga individual yondashish, mijozning biznesini rivojlantirishga bo‘lgan samimiy qiziqishlarning namoyon bo‘lishidir.

Trastbank o‘zining sho‘ba korxonasi bilan farxlanadi! Barchangizga sihat-salomatlik, ishlaringizda omad va kompaniya ravnaqi yo‘lida qo‘shayotgan hissangiz yanada rivoj topishiga tilakdoshmiz. Har bir o‘tayotgan kuningiz quvonch va baxtga limmo-lim bo‘lsin.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1003
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech