Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Chakana biznesni munosib rivojlantirishda yoshlarning roli

Yangilangan sana: 7 Fevral 2020, 10:11
Chakana biznesni munosib rivojlantirishda  yoshlarning roli
7 Fev 2020

Kuni kecha “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining majlislar zalida Chakana biznes departamenti tomonidan o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda Informatsion texnologiyalar departamenti xodimlari, Amaliyot boshqarmasi hamda bankning shahar filiallari Chakana biznes bo‘limlari boshliqlari, shuningdek jismoniy shaxslarni kreditlash sho‘balari mudirlari ishtirok etdi.

Seminarda so‘zga chiqqan Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov chakana biznes yo‘nalishini rivojlantirish borasida bo‘lim xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va bu boradagi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda Chakana biznes departamenti direktori Nazirjon Hayitaliyev, direktor o‘rinbosarlari Birodar Yuldashev, Aziz Fozilov, bo‘lim boshliqlari Zulfiya Malikova va

Shoxrux Egamberdiyevlar tahliliy ma’lumotlar, yangiliklar, mavjud muammolar hamda taklif etilayotgan yangi mahsulotlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdilar.

Amaliyot boshqarmasi va filiallardan taklif etilgan Chakana biznes bo‘limlari boshliqlari joylarda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish, bankni rivojlantirish va qo‘shimcha bank xizmatlarini taqdim etish borasidagi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar Amaliyot boshqarmasida tashkil etilgan ish jarayonlari bilan to‘liq tanishib, o‘zlariga muhim tajribalar orttirdilar.

Seminar davomida ishtirokchilar chakana biznes yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 722
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech