“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki meva-sabzavotchilik mahsulotlarini sotib olish va yetishtirish maqsadlari uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratadi.
Kredit milliy valyutada 18 oy muddatga (asosiy qarz bo‘yicha 3 oygacha imtiyozli davr bilan) ajratiladi. Bunda, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan 8 foizgacha kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizigacha miqdorda kafillik asosida beriladi.
Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va intensiv bog‘lar tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligida zarur asosiy vositalar sotib olishga milliy valyutada loyihaning 70 foizigacha bo‘lgan miqdorda, 36 oy muddatga (asosiy qarz bo‘yicha 1 yilgacha imtiyozli davr bilan) kredit ajratiladi.
Bunda, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan 8 foizgacha kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizigacha miqdorda kafillik asosida) kreditlar taqdim etiladi.