Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” moliyaviy savodxonlikni oshirish tadbirlarini o‘tkazdi

Yangilangan sana: 11 Mart 2020, 09:23
“Trastbank” moliyaviy savodxonlikni oshirish tadbirlarini o‘tkazdi
4 Mar 2020

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020 yil 23-29 mart kunlari butun dunyoda bo‘lib o‘tadigan “Umumjahon pul haftaligi” (GlobalMoneyWeek) tadbiri tashkil etilishi yuzasidan ish boshlagan.

photo_2020-03-04_18-12-05.jpg

Mazkur tadbir doirasida 3-4 mart kunlari “Trastbank”ning Amaliyot boshqarmasida “Lider ta’lim” o‘quv muassasasi o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ochiq eshiklar kunlari tashkil etildi. Bank tadbirida 7-11-sinflarda ta’lim olayotgan jami 80 ga yaqin o‘quvchilari shtirok etdi. Mazkur tadbirda o‘quvchilar moliya, bank faoliyati, pul funksiyalari, daromad va xarajatlarni samarali boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

photo_2020-03-04_21-19-37.jpg

Tadbir davomida o‘quvchilarga Bankning Amaliyot boshqarmasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, ekskursiya davomida ularga bankning har bir bo‘lim faoliyati, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, Amaliyot boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan pul mablag‘larini samarali boshqarishning ahamiyati to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

photo_2020-03-04_18-14-41.jpg

Shuningdek,tadbir davomida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan turli viktorina o‘yinlari o‘tkazilib, o‘quvchilar “Umumjahon pul haftaligi” maqsadi, mazmuni va vazifalari to‘g‘risida batafsil tushunchaga ega bo‘lishdi hamda bank sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. “Umumjahon pul haftaligi” doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar hali davom etadi.

photo_2020-03-04_18-17-26.jpg

photo_2020-03-04_21-14-42.jpg

photo_2020-03-04_18-19-06.jpg

photo_2020-03-04_21-20-54.jpg

photo_2020-03-04_21-24-41.jpg

photo_2020-03-04_18-24-26.jpg

photo_2020-03-04_18-25-52.jpg

photo_2020-03-04_18-28-16.jpg

photo_2020-03-04_18-31-04.jpg

photo_2020-03-04_18-32-06.jpg

photo_2020-03-04_18-23-18.jpg

01.jpg

02.jpg

03.jpg

photo_2020-03-04_18-34-23.jpg

photo_2020-03-04_18-33-07.jpg


Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1579
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech