Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar

Yangilangan sana: 3 Fevral 2020, 11:30
3 Fev 2020

Toshkent shaxar, Navoiyko‘chasi, 7 uyda joylashgan XAB “Trastbank” aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:

1. Aksiyadorlar navbatdan tashqariumumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

2020 yil 24fevral soat15: 00 min.

1. Aksiyalarning 24 qo‘shimcha chiqarilish yakunlari va Bank Ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.

2. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

3. Bankning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.

4. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomniyangi tahrirda tasdiqlash.

5. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki kengashi to‘g‘risidagi nizomniyangi tahrirda tasdiqlash.

6. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki taftish komissiyasi (taftishchisi) to‘g‘risidagi nizomniyangi tahrirda tasdiqlash.

7. Davlat qimmatli qog‘ozlar (g‘aznachilik majburiyatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari (obligatsiyalar), Markaziy bank obligatsiyalari) bilan yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarningnavbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2020 yil 24fevral Toshkent shahri, Navoiy kuchasi, 7 uy, 
«Trastbank» XAB binosining 1 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, yig‘ilish boshlanishi soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2020 yil 30yanvar.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2020 yilning 18 fevral holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestridaqayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.

Aksiyadorlar, navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uyda tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:(95)198-41-09,(78)140-00-88, (71) 207-62-12.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 687
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech