Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Qaror va ijro: “Har bir oila - tadbirkor”
1 Jul 2019

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 25 yillik tajribasidan unumli foydalanib, joylarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida o‘zigagina xos bo‘lgan ish uslubini muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishdi. Jamoaning aniq strategik reja asosida faoliyat yuritayotgani, ish ko‘lami va sifatining ortgani bugungi kunda aholiga ham manzur bo‘lmoqda.Natijada,bank o‘zining faoliyat ko‘lamini tobora kengaytirishga erishmoqda. Bugungi kunda bank o‘zining 11 ta filiali va 70 ta minibanki orqaliaholi va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

photo_2019-07-01_17-25-01.jpg

Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi va 2019 yil 7 martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan oilaviy biznesni rivojlantirish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2019 yilning 1 iyul holatiga jami 68 mlrd. 630 mln.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

photo_2019-07-01_17-24-55.jpg

Jumladan, 2019 yilning 1 iyul holatiga 68 mlrd. 630mln.so‘m ajratilgan kreditlarning 9 mlrd. 960 mln. so‘m naslli qoramolchilikka, 3 mlrd. 951 mln.so‘mi parrandachilikni rivojlantirishga, 5 mlrd. 228 mln. so‘mi qo‘ychilikka, 157 mln. so‘mi echkichilikka, 1 mlrd. 800 mln. so‘mi asalarichilikka, 375 mln. so‘mi baliqchilikka, 870 mln. so‘mi quyonchilikka, 12 mlrd. 820 mln. so‘mi tikuvchilikka, 1 mlrd. 120 mln. so‘mi hunarmandchilik sohasiga, 200 mln. so‘m bog‘dorchilikka, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga 25 mlrd. 980 mln. so‘m, shuningdek issiqxona qurilishi uchun 6 mlrd. 183mln. so‘mlik mablag‘lar aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadlariga yo‘naltirildi. Pirovardida respublikamiz hududlarida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yangi korxonalar tashkil etilib, aholining bandlik darajasi oshirildi.

photo_2019-07-01_17-25-11.jpg

Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan har bir tuman va shahar, jumladan, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning istiqbolli loyihalarini o‘z vaqtida moliyalashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.

photo_2019-07-01_17-25-30.jpg

Bunda bank tomonidan mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini ommalashtirish borasida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes rejalarini ro‘yobga chiqarish, aholi xonadonlaridagi ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali har bir oila a’zolarini ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish borasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi ijobiy samara bermoqda.

Ta’kidlash joizki, “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bank jamoasining diqqat markazida bo‘ldi. Unda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning mart-iyul oylarida Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiluvchiaholini boqimandalik kayfiyatidan chiqarish,o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan kam ta’minlangan 2170 ta jismoniy shaxslarga jami 5 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

photo_2019-07-01_17-25-25.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Namangan filiali tomonidan ham mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Viloyatda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida,Namangan shahrining 10 ta mahallalaridan jami 9394 ta xonadon bo‘lib, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar bank kreditlari hisobidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

photo_2019-07-01_17-25-37.jpg

– Qaror ijrosini ta’minlashhamda Namangan viloyati aholisini tadbirkor qilish maqsadida filialimiz tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish rejalashtirilgan, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Namangan filiali boshqaruvchisi Sherzod Mirzaaxmedov. – Qolaversa, mutaxassislarimiz uyma-uy har bir xonadonga tashrif buyurib, aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Shu asnoda maxsus so‘rovlar ham o‘tkazilib, aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida biznes reja va ta’minot hujjatlarini tayyorlash borasida batafsil ma’lumotlar berilib, kredit ajratish jarayoni bo‘yicha kunlik monitoring qilib borilmoqda. Xususan, filialimiz tomonidan Namangan shahridagi 9394 ta xonadon o‘rganilib, 2019 yilning 1 iyul holatiga naslli qoramolchilikka 935 mln. so‘m, quyonchilikka 97 mln. so‘m, asalarichilikka 28 mln. so‘m, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tikuvchilikka 4 mlrd. 209 mln. so‘m, hunarmandchilikka 195 mln. so‘m, parrandachilikka 65 mln. so‘m, baliqchilikka 20 mln. so‘m, quyonchilikni rivojlantirish uchun 100 mln. so‘m, issiqxona qurilishi uchun 575 mln. so‘m, ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd. 728 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 328 mln. so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi. Buning natijasidaesaviloyatda 545 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi.

Shuningdek, viloyat markazida jismoniy shaxslarga xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida “Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi” tashkil etildi. Ushbu markaz asosan kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish va konsalting xizmatlarini amalga oshirish ishlari bilan bevosita shug‘ullanadi. Markazimizga fuqaro asosan shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan tashrif buyuradi va barcha kredit shartlari bilan tanishtiriladi. Asosan, mazkur markazimizga tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish istagidagi ayollar tashrif buyurmoqda, - deya so‘zini yakunladi Sherzod Mirzaaxmedov.

“Toshbuloq chorvador sahovati” xususiy korxonasi xodimi Abror Turdiyev:

- Faoliyatimizni bu yil boshlaganmiz, “Trastbank”ning Namangan filialidan180 mln. so‘m miqdorida kredit olib, 18 ta nasldor qoramollarni xarid qildik. Bugungi kunda jonivorlardan 80-90 litrgacha sut olinmoqda. Mahalliy yem-xashaklar bilan qoramollarni boqib ko‘paytirib, bozorlarimizga arzon go‘sht mahsulotlari yetkazib berishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz. Qoramolchilikni yo‘lga qo‘yish orqali 1 kunda 15-20 litr sut olish mumkin, albatta men aholiga tadbirkorlikning ushbu faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarini maslahat beraman. Korxonamiz bankning Namangan filiali bilan hamkorlikni davom ettirib, qoramollarsonini yanada oshirishni niyat qilganmiz.

Avazxon Samadov – oilaviy tadbirkor:

- Oilaviy biznesimizni boshlashimizda “Trastbank”ning Namangan filialidan olgan 14 mln. 700 ming so‘m kredit mablag‘i ko‘mak bo‘ldi. Ushbu mablag‘ evaziga bedana, ularga qafas va ozuqa sotib oldim. Tadbirkorlikni boshlashimda olgan 80 dona bedana, bugungi kunga kelib 3800 taga yetdi. Ularning 85 foizidan kunlik tuxum olish imkoniyati bor. Mingta bedanadan 800-850 ta tuxum olish mumkin. Bedanalarni parvarishlashda asosan ularga tinchlik yaratib, suviga va yemishiga zarur dorivorlarni qo‘shib vaqtida e’tibor qaratilsa, bedanalar yaxshi rivojlanib, o‘zidan ko‘payaveradi. Albatta fursatdan foydalanib, meni oilaviy tadbirkor bo‘lishimda ko‘makchi bo‘lgan “Trastbank”ning Namangan filialiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Xulosa qilib aytganda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan mijozlar bilan ishlash siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani hamda iqtisodiyotimizning istiqbolli tarmog‘i bo‘lgan xususiy tadbirkorlik sohasi faol moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi bankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari hajmining muttasil oshishiga xizmat qilmoqda. Bu esa iqtisodiyotimizning barqaror rivojida va xalqimiz turmush darajasining yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ham e’tiborga molik.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 119

Boshqa yangiliklar:

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9384.00
10393.72
11378.10
140.14
9561.85
88.01
Sotib olish
9350.00
9950.00
10900.00
90.00
9050.00
60.00
Sotish
9440.00
10500.00
11500.00
150.00
9650.00
90.00
 
323.00
301.58
451.44
1.67
251.33
2.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech