Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, “Transkapitalbank” OAJ va “O‘zRTXB” AJ o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi
3 Jul 2019

Joriy yilning 26 iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va “O‘zRTXB” AJ vakillarining Moskva shahriga tashrifi doirasida “Trastbank”, “Transkapitalbank” va “O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum joriy yilning 30 may kuni Urganch shahrida Rossiya va O‘zbekiston Bosh vazirlari darajasida o‘tkazilgan qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi qarorini ijrosi doirasida imzolandi.

Ushbu memorandum “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, “O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi” va “Transkapitalbank” OAJ hamkorligidagi faoliyatini rivojlantirish, mijozlar o‘rtasidagi hisob-kitob operatsiyalarini hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun yagona xizmat ko‘rsatish mexanizmini joriy etish va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni hamkorlikda olib borishni ko‘zda tutadi.

Mazkur mexanizm birja savdolari orqali amalga oshiriladigan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarni optimallashtirish, tranzaksiyalarni o‘tkazish tartibini soddalashtirish va hisob-kitoblarni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vositalarni qo‘llash imkonini beradi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining hajmini oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni hal etishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda mijozlarning hisob-kitob operatsiyalarini korrespondentlik hisobvaraqlari orqali optimallashtirish va takomillashtirishni ta’minlash, tashqi savdo aylanmasining hajmini oshirish va bank mijozlari harajatlarini minimallashtirish “Trastbank”ning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 105

Boshqa yangiliklar:

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9384.00
10393.72
11378.10
140.14
9561.85
88.01
Sotib olish
9350.00
9950.00
10900.00
90.00
9050.00
60.00
Sotish
9440.00
10500.00
11500.00
150.00
9650.00
90.00
 
323.00
301.58
451.44
1.67
251.33
2.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech