Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbankda yana yangi pul o‘tkazish shaxobchasi ishga tushdi

Yangilangan sana: 16 Aprel 2019, 11:42
Trastbankda yana yangi pul o‘tkazish shaxobchasi ishga tushdi
16 Apr 2019

Joriy yilning 10 aprelidan Trastbankning Andijon va Samarqand filiallari qoshidagi “Jahon bozori” va “Saratepa” mini-banklari qoshida pul o‘tkazish shaxobchalari o‘z ish faoliyatini boshladi.

Mazkur voqea, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Bankning “Chakana biznesni rivojlantirish” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bankning jami 71 ta mini-banki va 32 ta pul o‘tkazish shaxobchalari orqali barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Mijozlar minibank qoshidagi pul o‘tkazmalari shaxobchasi orqali «Western Union», «Kontakt», «MoneyGram», «Yunistrim», «Zolotaya korona» pul o‘tkazmalari tizimlaridan foydalanishlari mumkin.

Aloqa uchun manzil:

“Jahon bozori” mini-banki qoshidagi pul o‘tkazmasi shaxobchasi: Andijon viloyati, Andijon shahri, Nayman ko‘chasi 3 uy (Mo‘ljal: “Jahon bozori” bozor hududi)

Telefon: 0 (374) 237-64-64

“Saratepa” mini banki qoshidagi pul o‘tkazmasi shaxobchasi: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Turkiston ko‘chasi, 62 – uy (Mo‘ljal: “Erkin” savdo markazi)

Telefon: 0 (366) 222-84-78

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 923
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech