Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hurmatli mijozlar!

Yangilangan sana: 15 May 2019, 15:17
Hurmatli mijozlar!
15 May 2019

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslar uchun “Online Farovon” va “Online Ishonch”muddatli omonatlarini joriy qildi.

“Online Farovon” muddatli omonatining minimal miqdori 500000 (besh yuz ming) so‘m. Omonatga badal kiritilgan kundan boshlab 25 oy muddatga qabul qilinadi. Qo‘shimcha badal kiritish imkoniyati yo‘q. Omonatning foiz stavkasi yilda 365 kun hisobidan yillik 18 foiz etib belgilangan.

“Online Ishonch” muddatli omonatining minimal miqdori 1000000 (bir million) so‘m. Omonatga badal kiritilgan kundan boshlab 36 oy muddatga qabul qilinadi. Omonatning dastlabki 24 oyi davomida har oyda bir marta qo‘shimcha badal kiritilishi mumkin. Omonatining foiz stavkasi yilda 365 kun hisobidan yillik 20 foizni tashkil etadi.

Omonatlar “TrustPay” mobil ilovasi orqali kiritiladi, omonat bo‘yicha operatsiyalarni 24 soat davomida, hatto dam olish vabayram kunlari ham amalga oshirish mumkin. Bunda mablag‘ oferta omonatiga qo‘yilgan kun kalendar kun hisoblanadi, ya’ni soat 23:59:59 dan keyin kirim qilingan oferta omonati keyingi kalendar kunda kirim qilingan deb hisoblanadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 571
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech