Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

"BankExpo-2019" milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi

Yangilangan sana: 15 Aprel 2019, 15:05
"BankExpo-2019" milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi
14 Apr 2019

"O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "BankExpo-2019" milliy ko‘rgazma o‘z ishini yakunladi. Mazkur ko‘rgazma Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan bank tizimini isloh qilish, banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, investitsiya loyihalari ko‘lamini kengaytirish, mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yoshlarni biznesga jalb qilish va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etilib, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ushbu ko‘rgazmaning hamkori sifatida ishtirok etdi. Xususan, Trastbank o‘tgan davr mobaynida ko‘pgina muvaffaqiyatlarni qozondi va bu yil bank o‘zining 25 yilligini keng nishonlash arafasida turibdi.

“BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki vakillari, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida konferensiyalar bo‘lib o‘tdi hamda “Trastbank” mazkur xalqaro moliya institutlari va xorijiy kompaniyalari vakillari bilan muzokaralarda ishtirok etdi.

Joriy yilning 13 aprel kuni “Trastbank” milliy ko‘rgazma doirasida tadbirkorlik sub’ekti vakillari va MDH davlatlari vakillariga “Investitsion jozibardorlik” mavzusida taqdimot o‘tkazib, O‘zbekiston bank tizimining investitsion salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida bank kreditlarining nazariy asoslari va roli haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, “BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasining yopilish marosimida O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi tomonidan barcha ishtirokchilar tegishli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanib, “Trastbank” xususiy atsiyadorlik banki “Fond bozoridagi faol ishtiroki uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Uch kun davom etgan mazkur ko‘rgazma davomida mehmonlar mamlakat bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan zamonaviy bank xizmatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1131
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech