Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  12 Mart 2020, 15:32

Moliyaviy savodxonlik asoslari maktabdan boshlanadi
10 Mar 2020

Joriy yilning 10 mart kuni “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish kampaniyasi ishtirokchisi sifatida qatnashayotgan “Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi va “Darxon” filiali hamkorligida, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112- va 225-sonli o‘rta maktablarida o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

photo_2020-03-10_16-57-12.jpg

Tanlov uch yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilib, 4-5 sinf o‘quvchilari “Pulni qanday va nima uchun jamg‘araman?”, 6-8 sinf o‘quvchilari “Qanday qilib millioner bo‘lish mumkin?”, 9-11 sinf o‘quvchilari uchun “Bank 2040: u qanday bo‘lishi kerak?”, mavzularida insho yozishlari va har bir yo‘nalishdan bitta eng kreativ yondashuvga ega bo‘lgan “INShO” yozgan o‘quvchilar, keyingi bosqichga o‘tishi tushuntirib o‘tildi.

photo_2020-03-10_16-57-39.jpg

Tanlovda har bir maktabning 4-11 sinflaridan jami 60 ta o‘quvchi ishtirok etdi.

photo_2020-03-10_16-57-29.jpg

225-sonli o‘rta maktab direktori Go‘zal Shoislomova “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish kampaniyasi bo‘yicha o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

photo_2020-03-10_16-58-54.jpg

- Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi o‘quvchi yoshlarimizning moliyaviy savodxonligini oshirish bilan birga, shaxsiy moliyaviy xavfsizligini ta’minlashga, pulni samarali boshqarishga, shaxsiy byudjet mablag‘larini boshqarish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga, moliyaviy loyihalarni ishlab chiqishda innovatsion g‘oyalar yaratishga, bu sohadagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari kelajakda moliyaviy savodxon inson bo‘lib voyaga yetishlariga hamda moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishlari uchun zamin yaratadi.

photo_2020-03-10_16-58-25.jpg

Yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar Qarshi va Jizzax shaharlarida davom etadi.

photo_2020-03-10_17-07-02.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 93

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9554.22
10637.67
11879.72
121.10
10070.85
88.77
Sotib olish
9570.00
10400.00
11600.00
100.00
9700.00
70.00
Sotish
9650.00
10800.00
12100.00
150.00
10180.00
100.00
 
21.48
417.62
871.31
1.11
388.03
3.04
MB kursi - 31.03.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 02.04.2020 09:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech