Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Mijozlarga innovatsion yondashuv

Yangilangan sana: 24 Yanvar 2019, 19:12
Mijozlarga innovatsion yondashuv
16 Jan 2019

Yurtimizda eshitish va so‘zlashish qobiliyati zaif insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni ijtimoiy himoya qilish va ma’naviy jihatdan qo‘llash borasida bank tizimida ustuvor vazifalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki so‘zlashish va eshitish qobiliyati zaif insonlar hayotida qulay va ijtimoiy shart-sharoitlar yaratish borasida ijobiy natijalarga erishmoqda.

Jumladan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2018 yil rejasiga ko‘ra “Darxon” filiali tomonidan ushbu qaror asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borildi. Unga ko‘ra, 2018 yilning 1 dekabridan boshlab aholining ijtimoiy zaif qatlami, ya’ni eshitish qobiliyati past va so‘zlashuvdan mahrum bo‘lgan insonlar uchun “Surdo-onlayn” xizmat ko‘rsatuvchi Call-markaz bilan hamkorlikda mijozlarga imo-ishora tilida bank xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi.

Shu bilan birga, Prezidentimizning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida bank-moliya sohasida bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish va ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan bo‘lib, mazkur Murojaatnomadan kelib chiqqan holda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham o‘z oldiga aniq vazifalarni belgilab olgan.

- Ma’lumki, bugungi kunda ilg‘or axborot texnologiyalari keng rivojlanayotgan davrda bank tizimiga innovatsion axborot texnologiyalarini izchil tadbiq etish va bank amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi internet, planshet va mobil telefondan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan. Shu sababli, internet platformasidan foydalangan holda bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida biz tajriba tariqasida o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab “Darxon” filialimizda mijozlarga imo-ishora tilida bank xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygandik, - deydi Bank Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Furqat Samarxodjayev.

Bankning “Darxon” filialida sinovdan o‘tgan bu xizmat turidan foydalanish, aynan so‘zlashish va eshitish qobiliyati zaif aholi va tadbirkorlar o‘rtasida ijobiy baholandi. O‘zbekistonda eshitish va so‘zlashish qobiliyati zaif nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 200 mingga yaqinligi va o‘tkazilgan tahlillardan kelib chiqqan holda bankning bu kabi xizmat turiga talab yuqoriligini hisobga olib, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining mavjud 11 ta filialida ham mazkur bank xizmat turini joriy etishga qaror qildik.

Joriy yilning 14 yanvaridan boshlab, “Trastbank”ning barcha hududiy filiallarida mijozlarga imo-ishora tilida bank xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bank xizmatlaridan foydalanish maqsadida filiallarimizga tashrif buyurgan nogironligi bo‘lgan shaxsni bu oddiy aholi bo‘ladimi yoki tadbirkormi, filial administratorlari tomonidan kutib olinadi. Har bir filial administratori internet tarmog‘iga ulangan planshetlar bilan ta’minlangan. Administrator darhol planshet orqali imo-ishora tilini uzatuvchi onlayn video chat orqali xizmat tarjimonlari bilan bog‘lanadi. Ushbu nuqtada maxsus mutaxassis bevosita mijoz va bank xodimi o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Bank administratori mijoz bilan birgalikda yurib, ularga bankning bevosita barcha xizmatlaridan foydalanishiga ko‘maklashadi, - deya so‘zini yakunladi Samarxodjayev.

Sirasini aytganda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining eng ustuvor vazifasi - bu ilg‘or texnologiyalarni joriy qilgan holda mijozlar uchun sifatli bank xizmatlari ko‘rsatishdan iboratdir.

Bank Axborot xizmati

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1069
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech