Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot

Yangilangan sana: 11 Iyul 2018, 17:03
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot
11 Iyul 2018

(2018 yil 1 iyul holatiga)

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Joriy yilning iyun oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralarining 463,1 mln. AQSh dollariga pasayishi kuzatildi. Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1303,50dan 1250,55 doll./tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta’siri – 573,5 mln. doll.)

Oltin narxi pasayishi hisobga olinmaganda yalpi oltin-valyuta zaxiralari 110,4 mln. AQSh dollariga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari

mln. AQSh dollarida

Ko‘rsatkichlar

01.01.2017

01.01.2018

01.04.2018

01.06.2018

01.07.2018

I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari

26 428,8

28 076,9

28 494,0

28 123,6

27 660,5

1. Xorijiy valyutadagi aktivlar

14 172,3

14 042,8

14 517,2

14 004,7

13 818,3

2. Monetar oltin

12 256,6

14 034,1

13 976,8

14 118,9

13 842,2

II. Sof oltin-valyuta zaxiralari

25 188,3

26 567,5

27 086,7

27 025,0

26 648,9

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech