Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
11 Iyun 2025

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi Ilhomjon Ma’rupov ishtirok etdi.IMG_8849.JPG Ta’kidlanganidek, mazkur Konsepsiya 2025-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan bo‘lib, u davlatchiligimiz rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ishlab chiqilgan. Qolaversa, ushbu hujjat mamlakatimizda umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida o‘zaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan.IMG_8851.jpg Bundan tashqari, tadbirda O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash jarayonining zamonaviy holati tavsifi, diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlashning va diniy sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari borasida so‘z yuritildi. Qolaversa, dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari va vijdon erkinligi uyg‘unligini ta’minlash, dunyoviy davlatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda mexanizmlari yuzasidan tushunchalar berildi.IMG_8847.JPG Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 148
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech