Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” ‒ sogʻlom turmush tarafdori

Yangilangan sana: 23 Aprel 2021, 15:37
“Trastbank” ‒ sogʻlom turmush tarafdori
22 Apr 2021

Kuni kecha “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida ishchi-xodimlar salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan tadbir uyushtirildi.  

Tib ilmining bilimdoni Abu Ali ibn Sinoning sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, shaxsiyati va boy ilmiy-madaniy merosi haqida soʻz borgan uchrashuvda Abu Ali ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi Raisi Nozimxon Mahmudov, boshqaruv aʼzosi, Toshkent tibbiyot Akademiyasi professori Sherzod Zokirxoʻjayevning maʼruzalari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida Toshkent tibbiyot Akademiyasi professori Sherzod Zokirxoʻjayev muallifligidagi “Sogʻlom va davolovchi ovqatlanish ‒ uzoq umr koʻrish garovi” kitobi hamda “Nikotin snusi ‒ yangi epidemiya” qisqa metrajli roligining taqdimotlari oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, Snus ‒ tutunsiz tamaki mahsulotining bir turi boʻlib, afsuski, hozirgi kunda dunyo aholisi orasida keng tarqalmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, snus isteʼmoli meʼda osti bezi saratoni xavfi ortishiga sabab boʻlyapti.

Uchrashuv soʻnggida tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

соғлом турмуш тарафдори  .jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 809
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech