Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etishning tizimli faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Yangilangan sana: 16 Aprel 2021, 18:14
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga  rioya etishning tizimli faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
15 Apr 2021

Joriy yilning 8 aprel kuni Bosh bank va filial xodimlaridan iborat “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish” komissiyasi a'zolari ishtirokida videokonferensiya tashkillashtirildi. 

Videokonferensiya Bank xodimlari tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mazkur jarayonni samarali boshqarish va nazorat qilish tizimini yaratish hamda bank mahsulotlari va xizmatlarini faol ravishda targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Videokonferensiyada Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘smuhamedov, Bank xizmatlari iste'molchilarining xukuqini himoya kilish departamenti direktori Sh.Xanbabaeva va tashqi marketing kompaniyasi rahbari Sh.Zokirovlar  filiallarning mas'ul mutaxassislari tomonidan belgilangan standartlar asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish, bank xizmati va mahsulotlarini cross-savdo orqali sotish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

         Bank filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining doimiy ravishda nazorat qilib borilishi, ularning samarali faoliyatida muhim asos hisoblanadi.

2.JPG

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 150

Boshqa yangiliklar:

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech