Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank: “ Bank va Universitet” loyihasi asosida “Yoshlar bilan uchrashuv”

Yangilangan sana: ...
Trastbank: “ Bank va Universitet” loyihasi asosida “Yoshlar bilan uchrashuv”
14 Apr 2021

2020 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Yoshlari forumida Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Yoshlar O‘zbekiston eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman” deb e'tirof etar ekan, kelajak egalari bo‘lgan yoshlar bilan muloqot qilish, ularning qiziqish, intilish va o‘ylantirib kelayotgan muammolarini chuqur o‘rganish bugun har bir rahbar oldida turgan asosiy vazifadir, deb ta'kidlaganlar.

Shu munosabat bilan joriy yilning 14 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida an'anaviy “Bank va Universitet” loyihasi asosida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari uchun Bankning Kuzatuv Kengashi a'zosi Mohira Karimova hamda Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Muqaddas Inomjonovalar boshchiligida “Banklarda boshqaruv siyosati” mavzusida seminar tashkil etildi.

Мохира1.jpg

Tadbirda Toshkent davlat texnika universitetining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi dotsenti Ahadjon Isxoqov hamda o‘qituvchilar Dilorom Ziyaeva va Shahnoza Otaxanovalar ishtirok etishdi.

Мужчина препод.jpg

Tadbirni Bank Boshqaruv Raisi Sardor Normuxamedov ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, banklarda zamonaviy fikrlovchi yosh kadrlarga ehtiyoj kabi masalalar yuzasidan fikr bildirib, universitet talabalariga katta hayotga qadam qo‘yishlarida doimo izlanishlari va o‘qib-o‘rganishlari haqida aytib o‘tdi.

Seminarda Trastbankning rivojlanish tarixini to‘liq yoritib beruvchi videorolik namoyish etildi. Shuningdek, bankning korporativ boshqaruv siyosati,  rivojlanish strategiyasi, bugungi kunda bankda bo‘layotgan o‘zgarishlar, raqamli transformasiya jarayonlari, kadrlarni jalb qilishdagi siyosati kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Talabalarga qiziqarli bo‘lishi uchun Facebook, Google ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdagi o‘ziga xos yondashuvlar asosida bugungi zamonaviy avlodning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun tavsiyalar berildi.

сайт3.jpg

Universitet dosenti Ahadjon Isxoqov o‘z nutqida bank va universitet o‘rtasidagi doimiy aloqalar yanada rivojlanib borayotganligi, bank tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibordan minnatdor bo‘lib, bu yoshlar bankning kelajakdagi kadrlari yoki mijozlari bo‘lishlariga umid bildirdi.

            Seminar yakunida universitet o‘qituvchilariga hamda seminarda faol ishtirok etgan talabalarga bankning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 729
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech