Aziz yurtdoshlar, hurmatli mijozlar!
Mana, 33 yildirki 1-sentabr – Mustaqillik kuni eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida nishonlab kelinmoqda. Ushbu qutlug‘ sana millionlab insonlar taqdirini o‘zgartirib, mamlakatimizning jahon sahnasidagi yangi o‘rnini belgilab berdi.
Faxr bilan aytishimiz mumkinki, respublikamiz o‘zligi va qadriyatlarini saqlagan holda, barcha jabhalarda, xususan, iqtisodiy-ijtimoiy hayotda ham, sportda ham mustahkam pozitsiyalarga erisha oldi. Jahon reytinglarida rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallab, bugun dunyo e’tirof etayotgan mamlakatga aylangani esa qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi!
Barchangizni ushbu qutlug‘ kun – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Vatanimiz mustaqilligi hammamiz uchun ilhom manbai, taraqqiyot va yuksalish asosi bo‘lsin! Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga totuvlik va iqtisodiy farovonlik tilaymiz!
Hurmat bilan,
“Trastbank” XAB jamoasi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
556