“Butunjahon jamg‘arish kuni – 2024” doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ta’lim dargohlarida moliyaviy savodxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Milliy universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 3-kurs talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik asoslari” mavzusida tashkil etilgan ochiq dars shular jumlasidandir.
Unda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuhammedov tomonidan moliyaviy savodxonlikning ahamiyati, uning kundalik hayotdagi roli va moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, ochiq darsda investitsiya qilish va moliyaviy xavflarni boshqarish kabi muhim jihatlarga urg‘u berildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar tomonidan berilgan moliyaviy resurslarni boshqarish, kreditlar va ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish kabi savollarga atroflicha javob qaytarildi. Mashg‘ulotlarda faol qatnashgan talabalarga “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
127