Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish - bank samarali faoliyatining asosi

Yangilangan sana: ...
Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish - bank samarali faoliyatining asosi
28 Avg 2023

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Amaliyot boshqarmasi va filiallari  xodimlarining mijozlarga tasdiqlangan standartlar asosida xizmat ko‘rsatilishi “Sirli mijoz” usuli asosida muntazam ravishda o‘rganib borish yo‘lga qo‘yilgan.

buxoro.jpgJumladan, joriy yilning 14-16 hamda 22-25  avgust kunlari Bankning Amaliyot boshqarmasi hamda Jizzax, Samarqand, Buxoro, Termiz va Qarshi filiallari xodimlari uchun “Sirli mijoz” usuli asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan  Bosh bankning Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘stmuhamedov, bo‘lim mutaxassisi Baxodir Zakirov hamda tashqi marketing kompaniyasi rahbari Sh. Zokirov ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.buxoro 2.jpg

jizzax 1.jpgUnda, “Sirli mijoz” usuli asosida o‘rganish natijalarida filiallar, bank xizmatlari markazlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “Reception” yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning mijozlarga o‘rnatilgan standartlar asosida xizmat ko‘rsatishda yo‘lga qo‘yilgan xato va kamchiliklari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. Operu 3.JPG

qarshi.jpgShuningdek Amaliyot boshqarmasi va filiallar xodimlarining ushbu yo‘nalishdagi malakalarini yanada oshirish maqsadida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari bo‘yicha bank amaliyotida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy misollar asosida tasvirga olingan ta’limiy videodarslik namoyish etildi. Amaliy seminar yakunida bank xodimlarining barcha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.Operu 1.JPG

termiz 2.jpgMijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati “Sirli mijoz” usuli asosida doimiy ravishda o‘tkazib borilishi ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda mijozlarning bankka nisbatan sodiqligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.samarqand 1.jpg

termiz.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 129
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech