Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Men maktabga boraman!” “Trastbank”da birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolalar uchun bayram tashkil etildi

Yangilangan sana: ...
“Men maktabga boraman!”  “Trastbank”da birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolalar uchun bayram tashkil etildi
25 Avg 2022

Ilk bor maktabga borish bu juda muhim va yodda qolarli voqea. Birinchi qo‘ng‘iroq jarangi esa har bir qalbga, ayniqsa, bilimlar xazinasi sari intilayotgan jajji bolajonlarga olam-olam quvonch baxsh etadi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan moliya muassasasining Bosh ofisi hamda Amaliyot boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 2022-2023-o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan farzandlari uchun bayram tashkil etildi.

IMG_1701.jpg

Unda “Trastbank” XAB Boshqaruvi raisining o‘rinbosari K.Gabbazov bolajonlarga o‘z tilaklarini bildirib, yaqinlashib kelayotgan “Bilimlar kuni” va “Birinchi qo‘ng‘iroq” bilan tabrikladi. Ularga umumta’lim maktablarida bilimlarni puxta egallab, a’lo baholarda o‘qishini, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallashlarini, eng muhimi, Vatanimiz uchun nafi tegadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarini tiladi.   

IMG_1827.jpg

20220825_111711.jpg

IMG_1757.jpg

Tadbirda bolajonlarga barcha o‘quv qurollari jamlangan maktab sumkasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari hamda qiziqarli interaktiv o‘yinlar bolalarda katta taassurot qoldirdi

20220825_112319.jpg

20220825_111147.jpg

IMG_1571.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1647
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech