Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi
16 Apr 2025

 2025-yil 9–11-aprel kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Yangi Mehnat kodeksi asosida kadrlar xizmati faoliyatida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.2 Unda “Trastbank” XAB Xodimlar bilan ishlash departamenti, Amaliyot boshqarmasi hamda Bank xizmatlari ofislaridagi xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi. Seminarda “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasi malakali mutaxassislari tomonidan kadrlar xizmati faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar, xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish, mehnat shartnomasi, ish va dam olish vaqtlari, ta’tillar, intizomiy jazolar, xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Bundan tashqari, mehnat shartnomasini bekor qilishda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.3 Shuningdek, o‘quv seminarini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikat topshirildi.5.
4.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 156
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech