“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan hududlarda “mahalla bankir”lari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, “yordamchi-agentlar” ham tanlab olindi. Ular aholining tadbirkorlik qobiliyati va biznes imkoniyatlarini o‘rganadi hamda istibolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish, banklardan kredit olish, loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalarga ko‘maklashadi.
“Trastbank” XAB Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvar kuni qabul qilingan “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar o‘tkazildi. Unda Bank rahbariyati, Bosh ofisning tegishli trakibiy tuzilmalari mutasaddilari, hududlardagi bank xizmatlari ofislari mas’ullari, “mahalla bankir”lari hamda “yordamchi-agentlar” ishtirok etdi.
Seminarda davlatimiz rahbarining ushbu qarori va unda belgilangan vazifalar, xususan, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, kambag‘allikdan chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlari yuzasidan atroflicha tushuntirish berildi. Qolaversa, “Trastbank”da joriy etilgan yangi kredit mahsulotlari ham ayni shu maqsadlarga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.