Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Kun.uz” axborot kanalida e'lon qilingan “Yo‘q joydan yuz millionlab zararga kirib qoldim” — Trastbank filiali tadbirkorning 2 mlrddan ortiq pulini noqonuniy “aylantirgan” sarlavhali maqolaga “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rasmiy munosabati

Yangilangan sana: 22 Oktabr 2021, 09:50
21 Okt 2021

2021 yil 21 oktyabr' kuni “Kun.uz” axborot kanalida e'lon qilingan "GREAT ABEKA" MChJ tomonidan bildirilgan shikoyat bo‘yicha “Trastbank” XAB quyidagilarni ma'lum qiladi:

Maqolada ko‘rsatilgan masalalar Bankning ichki audit xizmati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida 2021 yil yanvar'-aprel' oylarida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Termiz filiali sobiq bosh hisobchisi tomonidan mijoz "GREAT ABEKA" MChJ ning hisob-raqamidan birlamchi xujjatlarsiz pul mablag‘larini ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Ushbu holat qo‘shimcha ravishda Bosh bank xodimlari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilgan va 2021 yil 5 mayda 969,5 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari "GREAT ABEKA" MChJ hisob-raqamiga tiklab berilgan.

Xizmat tekshiruvi natijalari va holat yuzasidan to‘plangan barcha materiallar holatga qonuniy baho berish maqsadida bankning o‘z tashabbusi bilan Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Xodimning o‘z mehnat vazifalarini qo‘pol ravishda buzganligi, bank mijoziga nisbatan moddiy zarar yetkazganligi sababli Termiz filiali sobiq bosh buxgalteri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bugungi kunda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu holat yuzasidan bank operatsiyalarini o‘tkazish va nazorat qilish bilan bog‘liq jami besh nafar mas'ul xodim, jumladan mansabdor shaxs filial boshqaruvchisi, bilan xam mehnat shartnomalari belgilangan tartibda bekor qilingan.

Bundan tashqari mijoz "GREAT ABEKA" MChJ rahbariyati bilan yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Bank Boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlari ishtirokida bir necha bor muloqot olib borilgan.

Mijoz "GREAT ABEKA" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbariga jamiyatga yetkazilgan moddiy zarar faqatgina hisob-raqamdan asossiz ravishda ko‘chirilgan mablag‘lar doirasida amaldagi bank qonunchiligiga rioya etilgan holda tiklab berilganligi, maqolada ko‘rsatilgan va to‘lab berilishi vaji bilan so‘ralayotgan qo‘shimcha pul mablag‘larini undirish masalasi olib borilayotgan tergov-surishtiruv ishlari jarayonida aniqlanishi tushuntirildi.

Yuqoridagi holatga nisbatan qonuniy baho berilishidan Bank ham manfaatdor ekanligi, bank xizmatlarini ko‘rsatishda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki uchun mijozlar ishonchi eng muhim omil ekanligini bildirgan holda, ushbu vaziyat bo‘yicha bank o‘z majburiyatini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarganligini ma'lum qilamiz.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 7804
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech