Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!”

Yangilangan sana: ...
“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!”
5 Dek 2024

"Trastbank”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi arafasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi 

  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi. O‘tgan yili huquq va erkinliklarimizning mustahkam kafolati bo‘lgan Bosh qomusimiz xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yangi tahrirda qabul qilindi. 

zak7

za.jpg
zak 2 Bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan ushbu tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Boisi, ushbu bilimlar o‘yini moliya muassasasi xodimlari, shu jumladan, yoshlarning intelektual salohiyatini oshirish barobarida ular o‘rtasida huquqiy ta’lim-tarbiyani shakllantirish, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya hamda amaldagi qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish kabi maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.zak5
zak4
zak8 Uch bosqichda o‘tkazilgan mazkur “Zakovat” intelektual o‘yinida ‘Trastbank” XABning poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan bank xizmatlari ofislari jamoalari o‘zaro bellashishdi. Guruhlar a’zolari va ularning sardorlari zukkolik hamda tezkorligi bilan huquqiy savodxonligini namoyon etishdi.zak9
zak10         Har bir bosqich bo‘yicha guruhlarning to‘plagan ballari hisoblab borilib, musobaqada I, II, III o‘rinni egallagan jamoalar maxsus statuetka, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
I o‘rin – Bosh ofis
II o‘rin – “Darxon” BXO
III o‘rin – Amaliyot boshqarmasizak6  Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor J.Shermuhamedova o‘z so‘zida yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib,  uning xalqchilligi,  chinakam ma’noda erkin va farovon hayotimiz garovi ekanligini ta’kidladi.zak11
zak 10
photo_2024-12-05_19-34-


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 333
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech