Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari “Jizzax” va “Buxoro” BXOlarida, shu jumladan, “Reception” faoliyati, Bank xizmatlari markazlari hamda Valyuta ayriboshlash shoxobchalarida “Sirli mijoz” usuli asosida o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Unda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuhamedov o‘tkazilgan o‘rganish davomida xodimlar tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib berildi. Qolaversa, umumiy to‘plangan ballar asosida tuzilgan BXO, “Reception”, BXM va VASHlar reytingi eʼlon qilindi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, xodimlarning barcha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarildi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
149