Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hududlarda “mahalla bankirlari” uchun seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
Hududlarda “mahalla bankirlari” uchun seminar o‘tkazildi
21 Fev 2025

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan hududlarda “mahalla bankir”lari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga “yordamchi-agent”lar ham tanlab olindi. Ushbu mutaxassislar aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi qobiliyati va imkoniyatlarini o‘rganadi, qolaversa, ularning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, banklardan kredit olish kabi masalalarga ko‘maklashadi.

photo_2025-02-18_16-43-42.jpg

photo_2025-02-18_16-42-23.jpg

 Albatta, “mahalla bankiri” hamda “yordamchi-agent”larning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida muntazam ravishda seminar-treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Kuni kecha respublikamizning turli hududlarida “Trastbank” XAB Bosh ofisi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan seminarlar ayni shu maqsadlarga xizmat qildi.

photo_2025-02-18_16-45-35.jpg

 Seminarlarda “mahalla bankiri” va “yordamchi-agent”larning vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan hududlarda aholi uchun taklif etilayotgan bank xizmatlari va joriy etilgan kredit mahsulotlari to‘g‘risida taqdimotlar qilindi.

photo_2025-02-18_16-41-55.jpg

 Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

photo_2025-02-18_16-44-44.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 101
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech