Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hududlarda “mahalla bankiri” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Yangilangan sana: ...
Hududlarda “mahalla bankiri” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
22 Yan 2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘nggi yillarda banklar faoliyati mahallagacha tushirilgani o‘z natijasini berayotganligi ta’kidlanib, bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida ham bu boradagi sa’y-harakatlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, moliya muassasasi tizimida ‘Mahallabay ishlash sho‘basi” tashkil etilib, “mahalla bankiri” va har bir hududda ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinmoqda. m2 Jumladan, poytaxtimizning “Al-Xorazmiy”, “Ahmad Yugnakiy”, “Azamat”, “Bekto‘pi”, “Bo‘ston”, “Gulobod”, “Iyk ota”, “Kamolon darvoza”, “Majnuntol”, “Taxtapul” MFYda “mahalla bankiri” va “yordamchi-agent”larning faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirda bu faoliyatlar respublika hududlarida ham jadal amalga oshirilmoqda. Ular mazkur hududlarning drayverini aniqlab, aholining tadbirkorlik qobiliyati hamda biznes imkoniyatlarini o‘rganadi. Istibolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish, banklardan kredit olish, loyihalarni moliyalashtirish masalalariga ko‘maklashadi.m3 Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratadigan qator kredit mahsulotlari joriy etilgan. Jismoniy shaxslar uchun ajratiladigan “Biznesga ilk qadam”, doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida beriladigan mikroqarzlar, o‘zini o‘zi band qilganlarga 150 mln so‘mgacha mikrokreditlar shular jumlasidandir. Yuridik shaxslar esa 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratishni nazarda tutadigan “Biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish” krediti, 300 mln so‘mgacha imtiyozli mikrokredit va faktoring xizmatidan foydalanib, o‘z faoliyatini kengaytirishi mumkin.m4 Muxtasar qilib aytganda, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, turli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali aholining turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlashga erishilmoqda. Bu jarayonlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham faol ishtirok etib, aholining ishonchini oqlamoqda.m6

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 332
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech