Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Hissiy charchoq: zamonaviy muammomi yoki tanlov?" mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Hissiy charchoq: zamonaviy muammomi yoki tanlov?" mavzusida seminar o‘tkazildi
2 Okt 2024

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsuldor faoliyat olib borishlari uchun mehnat sharoitlarini yaxshilab borish birlamchi vazifalardan biridir.

Xususan, moliya muassasasida Bank rahbariyati hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bu borada bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib, har bir xodimaning samarali faoliyat olib borishi va kasbiy jihatdan o‘sishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganini alohida ta’kidlash zarur. Kuni kecha tashkil etilgan seminar ham yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir.photo_2024-10-02_15-51-06.jpg

Mazkur seminar "Trastbank" XAB Amaliyot boshqarmasi komplaens-nazorat departamenti bosh mutaxassisi va xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi Dilora Hasanova tomonidan olib borilib, unda ish va shaxsiy hayot o'rtasidagi muvozanatni saqlash va hissiy toliqishning oldini olish yo‘llari turli metodlar orqali ko‘rsatib berildi.вг 2.jpg

Shubha yo‘qki, baxtli va o‘z ishidan mamnun ayol - muvaffaqiyatli karyera va shaxsiy kamolotning garovi bo‘la oladi. Shu bois, seminarda muvozanat, vazifalarni taqsimlash va o‘zini-o‘zi rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Qolaversa, ayollarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi muhimligiga, ularning birdamligi o‘sish va taraqqiyotimiz poydevori ekanligiga urg‘u berildi.вг 1.jpg

Tadbir yakunida bankda uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan, shaxsiy fazilatlari orqali namuna ko‘rsata olgan, fidoyi va sadoqatli  barcha ayol murabbiylar e'tirof etilib, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 240
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech