Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!

Yangilangan sana: 18 Mart 2023, 13:36
Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!
18 Mar 2023

Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli Navro‘zi olam bayram shodiyonalari arafasida mamlakatimiz bo‘ylab “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

2.jpg

         “Trastbank” XAB tomonidan ham mazkur bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova. ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

3.jpg

Tadbirda Bankning Bosh ofis hamda videoselektor shaklida — hududiy filiallari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan J.Shermuhamedova xalqimiz tarixi va madaniyatining bir bo‘lagi, zardushtiylikdan oldingi davrlardan ma’lum bo‘lgan Navro‘z bayramining tarixi va kelib chiqishi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan aloqalarni mustahkamlashda ushbu bayramning ahamiyati katta.

4.jpg

Shuningdek, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tarixi, urf-odat va an’analari haqida so‘z yuritildi. Navro‘z ezgulik va mehr-muruvvat, yaqinlariga yordam berish, jamiyatda hamjihatlik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

Shu bois davlatimiz rahbari rahnamoligida bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni milliy an’analarga hurmat, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda.

5.jpg

2009-yil sentyabr oyida Navro‘z YUNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani, 2010-yil fevral oyi oxirida BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart “Navro‘z Xalqaro kuni” deb e’lon qilingani e’tiborga molik.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 469
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech