Ushbu suratdagi keltirilgan veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar firibgarlar tomonidan yuritilib, "Trastbank" nomidan foydalanib, mijozlarni aldamoqda.
Agar Siz mazkur saytga kirib, plastik kartangiz ma'lumotlarini kiritsangiz, shu zahoti pul mablag'laringizdan ayrilib qolasiz. Boisi, ular "Trastbank" 10 foizdan kredit taqdim etmoqda, ularni onlayn olishingiz mumkin. Batafsil saytga kirib, ro'yxatdan o'ting" mazmunida haqiqatga zid bo'lgan xabarlarni tarqatmoqda.
Barcha yurtdoshlarimiz, mijozlarimizni ogohlikka chaqiramiz. Pullaringizni firibgarlarga berib qo'ymang. Shubhali veb-saytlarga shaxsiy ma'lumotlaringizni oshkor qilmang. Shu kabi shubhali havolaga duch kelsangiz quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qiling:
Ishonch telefoni: 71 207-36-45
Aloqa markazi: 1287